Бош саҳифа / Интерактив / Юридик шахслар учун / Бизнесни ривожлантириш ва бошқариш
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Бизнесни ривожлантириш ва бошқариш

 Бизнесни режалаштириш ва бошқариш, тадбиркорликни ривожлантиришни молия-кредит бўйича қўллаб-қувватлаш масалаларига доир ахборотлар тақдим этиш интерактив давлат хизмати  



 

Ma'lumki, iqtisodiyotning real sektori soxasidagi korxonalarni va investitsion faollikni kredit yo'li bilan qo'llab quvvatlashni ta'minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishlaridan biri etib belgilangan. Bunda asosiy e'tibor kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlashga, ayniqsa yangi ishchi o'rinlarini tashkil etish bilan bog'liq loyihalarni moliyalashtirishni yanada kengaytirishga qaratildi. Natijada, 2012 yil yanvar-may oylarida tijorat banklari tomonidan barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlar hajmi 2011 yil shu davrga nisbatan 1,4 barobarga ko'payib, 90,3 mlrd. so'mni tashkil etdi. Kredit mablag'larining 63 mlrd. so'mi yoki 70,0 foizi uzoq muddatli kreditlar hissasiga to'g'ri kelgan.

Kichik biznes sub'ektlariga mikrokreditlar ajratish borasida ham zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida barcha moliyalash manbalari hisobidan mazkur sohaga 24,8 mlrd.so'm miqdorida mikrokreditlar ajratilib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobarga o'sish ta'minlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi «O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» PF–3434-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida tijorat bank filiallari tomonidan tadbirkor ayollarga jami 5,5 mlrd. so'm kreditlar ajratilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollarni ko'paytirishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» PQ-308-sonli qaroriga asosan tijorat banklarining o'z mablag'lari hisobiga jami 1749 mln.so'm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi «Oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to'ldirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» PQ-1047-sonli qarorini viloyatda bajarilishini ta'minlash maqsadida xisobot davrida viloyat banklari tomonidan 9,6 mlrd.so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatimizda nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi 2009 yil 28 yanvardagi PQ-1050-sonli qaroriga asosan xisobot davrida viloyat banklari tomonidan 12,4 mlrd.so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratilgan.

Tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hisobiga 5005 ta yangi ishchi o'rinlari yaratilgan.

 

>> MARKAZIY BANK ANDIJON VILOYATI BOSH BOSHQARMASI

>> BANKLAR


 Biznesni tashkil etish 


  BIR DARCHA


 

 XIZMATDAN FOYDALANISH TARTIBI (reglamenti)

1-Qadam 
Ariza formasini elektron nushasini yuklab olish  va printer Qurilmasi yordamida qog`ozga chop etish.

2-Qadam 
Ariza shaklini to`ldiring, imzo va muhr ko`ying

3-Qadam 
Arizani skaner qurilmasidan foydalangan holda elektron shakilga o`tkazing. Shuningdek xizmatni ko`rsatish uchun kerakli boshqa hujjatlarni ham skaner qurilmasidan foydalangan holda elektron shaklga o`tkazing.

4-Qadam 
Elektron shakilga o`tkazilgan ariza va hujjatlarni shahsiy pochtangizdan foydalangan holda tegishli tuman (shahar) hududidagi o`zini o`zi boshqarish organlariga taqdim eting.


 (Reglament)



Хизматдан фойдаланиш   Мурожаат ҳолатини билиш


Охирги ўзгариш: 20/09/2018 11:29 Кўрилганлиги: 9208
 
Жами мурожаатлар: 1376 (100%)
Кўриб чиқилган: 1092 (79%)
Кўриб чиқилмоқда: 284 (21%)

Мактабгача таълим муассасаларига қабул қилишни, онлайн қилиш қанчалик зарур?

Матнда хатолик топдингизми?
 
 
Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 1
Мехмонлар: 98
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг