Бош саҳифа / Янгиликлар / O‘zbekiston OTMlarining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari boshlandi
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

O‘zbekiston OTMlarining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari boshlandi

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 2018-yil 17-avgust 1-smenasida oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga o‘tkazilayotgan test sinovlarining borishi to‘g‘risida (08:30 holatiga) tezkor ma’lumot bilan bo‘lishdi.


Bugun, 17-avgust kuni Respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlarining birinchi kuni boshlandi.

Test sinovlari materiallari maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda test sinovlaridan 1 kun avval 16-avgust kuni test sinovlari o‘tkaziladigan 52 ta binoga yetkazildi.

Test sinovlari barcha oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtda — 8:00 da boshlandi. Test sinovlarida 19 ta oliy ta’lim muassasalarining 13 ta ta’lim yo‘nalishida 25 ming 754 nafar abituriyent ishtirok etmoqda.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra 1 797 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi sababli 19 nafar abituriyent hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zganing o‘rniga kirishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Barcha test sinovlari o‘tadigan binolarda 1-smenada test sinovlari soat 11:30 da yakunlanadi. 2-smena 15.00 da boshlanadi.

Shu kunning o‘zida test sinovlari natijalari Davlat feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga qaytariladi.

Yakuniy ma’lumotlar test sinovlari 1-smenada tugaganidan so‘ng taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, test sinovlari Qurbon hayiti bayramiga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida test sinovlari 2018-yil 17—20-avgust kunlariga ko‘chirilgan edi.


Киритилган вақти: 17/08/2018 10:28 Кўрилганлиги: 3115
 
Жами мурожаатлар: 1376 (100%)
Кўриб чиқилган: 1092 (79%)
Кўриб чиқилмоқда: 284 (21%)

Мактабгача таълим муассасаларига қабул қилишни, онлайн қилиш қанчалик зарур?

Матнда хатолик топдингизми?
 
 
Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 1
Мехмонлар: 77
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг